Ommaviy axborot vositalari xodimlari diqqatiga!

CHERY AUTO

Ertaga, poytaxtimizda O‘zbekistonning birinchi grossmeysteri – G.Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan "XIII-TASHKENT OPEN" xalqaro shaxmat musobaqasining birinchi turi start oladi.

Tecno

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi va “Central Chess Club” MChJ tomonidan tashkil etilayotgan mazkur an’anaviy musobaqa Respublika bolalar va o‘smirlar sport maktabining maxsus binosida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqaga bag‘ishlangan matbuot anjumani ertaga soat 12:00da o‘tkaziladi. Musobaqaning ochilish marosimi esa soat 14:00da boshlanadi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi barcha OAV xodimlarini matbuot anjumani va ochilish marosimiga taklif etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!