
"Oltin to‘p" uchun nomzodlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi
Nufuzli "Goal" portali 2025 yilgi "Oltin to‘p" sovrini uchun nomzodlar reytingining yangilangan talqinini e’lon qildi.
Ushbu reytingning yuqori uchligidagi o‘rinlar avvalgi versiyaga nisbatan o‘zgarmagan. Peshqadamlikni Rafinya ("Barselona") saqlab qolgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinda Usmon Dembele (PSJ), uchinchi o‘rinda esa Lamin Yamal ("Barselona") joylashgan.
Ispaniya kubogi finalida ajoyib gol urgan "Barselona" yarim himoyachisi Pedri to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. Keyingi pog‘onalarni Muhammad Saloh ("Liverpul"), Robert Levandovski ("Barselona"), Deklan Rays ("Arsenal"), Lautaro Martines ("Inter"), Xarri Keyn ("Bavariya") va Kilian Mbappe ("Real") egallagan.
Fikrlar