
Oliver Kan ChL yarim finalidan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
"Bavariya" klubi afsonasi, hozirda boshqaruv raisi yordamchisi sifatida ishlayotgan Oliver Kan UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Jamoa atrofida qanday ajoyib muhit borligi va bu qay darajada muhimligini bir necha o‘yinlarda ko‘rdik. Men tarkibimiz darajasini his qilganimda doimo xursand bo‘laman. Ularning jamoa g‘alabasini ta’minlash yo‘lida borini berayotganliklari tahsinga sazovor.
Futbolchilarimizning doimiy faol va gol urish uchun tinmay qiladigan harakatlari meni ta’sirlantiradi. Ular Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonmoqchi. Va buning uchun kerak bo‘lgan barchasini mukammal bajarishyapti".
Fikrlar