
Olimpiyachilarimiz raqib darvozasiga 10ta gol urgan o‘yindan fotogalereya
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi saralash bosqichi 2-turi doirasida Hong Kong - O‘zbekiston o‘yini yakunlandi. Unda vakillarimiz 10:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.
Gollarimizga Norchaev (het-trik), Fayzullaev, Odilov (penalti), Rahmonaliev (penalti), Man Yip Cheuk (avtogol) va Hoshimov (het-trik) mualliflik qildi.
Shu tariqa, olimpiyachilarimiz bu turdagi ajoyib g‘alaba evaziga turnir jadvalida yana 1-o‘ringa chiqib oldi. Navbatdagi 3-tur o‘yini 12 sentyabr kuni 19:00 da Eron termasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.


















































Fikrlar