"Olimpik" "Surxon"ga "qo‘rqinchli tush" taqdim etgani yodingizdami yoxud bugun kimning ko‘chasida bayram bo‘larkin?

  • 19 noyabr, 2023, 11:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Cola Superliganing 21-turidan bitta o‘yin qolib ketgandi. Bugun o‘sha uchrashuv o‘tkaziladi. Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida “Surxon” nominal mezbon sifatida poytaxtning boshqa bir klubi – “Olimpik”ni qabul qiladi.

Tecno

Aslida chempionatimizda 24-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tgan va 25-turga tayyorgarlik ketyapti. “Surxon” – “Olimpik” o‘rtasidagi bellashuvdan keyin turnir jadvalida mos ravishda barcha ishtirokchilarda o‘yinlar teng – 24 tani tashkil qiladi. Shu bois bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yinga ko‘pchilik e’tibor qaratsa ajab emas.

“Surxon” hamda “Olimpik” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ancha qiziqarli o‘tadi, ishonavering. Ikkala klub safida iqtidorli yoshlar bor va ochiq futbol ko‘rsatishni juda xush ko‘radilar. Mana shu faktor bo‘lajak o‘yinga e’tiborni va qiziqishni oshirishi tabiiy. Ayniqsa, “Olimpik” oxirgi uchta uchrashuvdan beri yutqazmayapti. Kapadze jamoasi Farg‘onada “Neftchi”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Qizilqum” va “Bunyodkor” bilan durang o‘ynadi. Natijada “Olimpik” ochkolar sonini 28 taga oshirib, musobaqa jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 34 ochkoga ega bo‘lib turgan “Surxon” esa 6-pog‘onani band etib turibdi. Agar termizliklar jamoasi yutadigan bo‘lsa, o‘z o‘rnini egallashda yanada mustahkam o‘rnashib olgan bo‘ladi.

surxon fanat_4

“Olimpik”da esa yanada yuqori o‘rinlarga ko‘tarilish imkoniyati mavjud. Buning uchun mazkur to‘qnashuv Kapadze jamoasi uchun ham yaxshi imkoniyat demakdir. Faqat o‘yin oldidan “Surxon”da bitta yo‘qotish bor. Jamoaning asosiy futbolchilaridan biri Xumoyun Sherbo‘taev diskvalifikatsiya tufayli o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Bu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari yaqindagina boshlandi. Aniqrog‘i, ilk to‘qnashuv o‘tgan yili 2 mart sanasida sodir bo‘lgan. O‘shanda “Olimpik” mezbonligida o‘tgan uchrashuvda hisob ochilmagan. 1 avgust kuni ikkinchi davradagi uchrashuv esa “Surxon” uchun qo‘rqinchli tushga aylandi. Chunki o‘sha o‘yinda “Olimpik” raqib darvozasiga javobsiz 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bu yil birinchi davradagi to‘qnashuvda jamoalar yana durang qayd etishdi -1:1.

olimpik2_5

Xullas, 3 ta o‘yinda 1 g‘alaba va 2 durang bor. “Surxon” hozircha chempionatda Kapadze jamoasini mag‘lubiyatga uchrata olgani yo‘q. To‘plar nisbati 1\6 “Olimpik” foydasiga.

Bugungi uchrashuv soat 16:00 da boshlanadi. “Surxon” – “Olimpik” bellashuvi “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. O‘yinni esa Abdulla Nurmonov sharhlaydi. Bugun dam olish kunida Superligadagi yagona uchrashuvni kuzatish yoqimli bo‘lsa kerak...

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ишбобоев жума
19/11/2023 13:37
Олга Сурхон. Биз ишкибозлар дуодамиз.
&
Rostgoy
19/11/2023 12:54
Нимели йук термага кетканди