
"Olimpik" sobiq futbolchisining yagona goli evaziga mag‘lub bo‘ldi
Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan "Olimpik" bugun "Lokomotiv"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. "Jar" stadionida kechgan bahsda "temiryo‘lchilar" Temur Mamasidiqovning penaltidan urgan goli evaziga g‘alaba qozonishdi.
Nazorat uchrashuvi
"Jar" stadioni
"Olimpik" - "Lokomotiv" - 0:1
Gol: Temur Mamasidiqov 70 (pen.)
"Olimpik" uchrashuvni quyidagi tarkibda boshladi:
Edem Nemanov, Muhammadbobir Mo‘ydinov, Mirkomil Abdurazzoqov, Akbar Abdirasulov, Maqsud A’loxo‘jaev, Sherzod Komilov, Nodir Abdixoliqov, Farruh Muxtorov, Akbar O‘ktamov, Sunnatilla Abdullajonov, Abdulaziz Abdusalomov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Ahmad Anvarov, Ulug‘bek Sharipov, Anvar Alijonov, Rian Islamov, Olloyor Rahmatov, Muhsin Bozorov, Rustam Jahonov, Jaloliddin Sodiqov.
"Olimpik" matbuot xizmati.
Fikrlar