
Olimjon Nazarov kamarini himoya qiladi va yana ikki bokschimizning raqiblari ma’lum! (FOTO)
29 fevral kuni Kambodjada boks bo‘yicha navbatdagi musobaqa bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnirda hamyurtimiz Olimjon Nazarov WBA Oriental kamarini himoya qilish uchun ringga ko‘tariladi. Unga filippinlik Orli Silvestr raqiblik qiladi. Jang 12 raunddan iborat bo‘ladi.
Reyting uchun jang qiladigan yana ikki hamyurtimiz Abdurasul Ismoilov va Ravshanbek Shermatovning raqiblari ham ma’lum bo‘ldi.
Abdurasul Ismoilov 63 kg vazn toifasida tajribali filippinlik Adons Agueloga qarshi reyting janggini o‘tkazadi. Jang esa 8 raundlik qilib belgilangan.
54 kg vazn toifasida ringga ko‘tariladigan Ravshanbek Shermatovning janggi 6 raunddan iborat! Unga qarshi yana filippinlik Melmark Dinos jang olib boradi.
Fikrlar