OKMK jangovar oʻyinda Rossiya klubiga yengildi
- 14-феврал, 20:51
- Улуғбек Хошимов
- 0
- Futbol
2026 yilga mavsumga tayyorgarlikning 2-bosqichini Turkiyaning Antaliya shahrida olib borayotgan Olmaliqning OKMK klubi navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi. Bu safar "konchilar"ga Rossiyaning "Ahmat" klubi raqiblik qildi. Avvaliga hisobni OKMK yarim himoyachisi Arihiro Sentoku ochgan boʻlsa-da, raqiblar bunga 3 marotaba javob bera oldi. Ūyinning soʻnggi daqiqasida olmaliqliklar forvardi Ali Abdurahmonov penaltiidan unumli foydalanib hisobni bitta qisqartirdi. Yakuniy hisob 2:3 "Ahmat" foydasiga.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q