Og‘ir atletika. Parij Olimpiadasida eng ko‘p sportchi Osiyo qit’asidan ishtirok etadi!

BEPUL PROPAN

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan atletlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Fransiya poytaxti mezbonlik qiladigan o‘yinlarda eng ko‘p ishtirokchi Osiyo qit’asidan qatnashadi – 40 ta. Keyingi o‘rinlarda Evropa va Amerika qit’asi sportchilari joy olgan – 25 ta. Afrika qit’asiga 10 ta, Okeaniya mintaqasiga esa 8 ta kvota ajratilgan.

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining og‘ir atletika dasturiga 100 foizlik kvotani faqatgina Xitoy terma jamoasi qo‘lga kiritgan - 6 ta. Bu borada kuchli uchlikdan AQSh (5 ta) va Venesuela (5 ta) terma jamoalari joy oldi.

O‘zbekiston delegatsiyasidan og‘ir atletika bo‘yicha Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga ayollar o‘rtasida Rigina Adashbaeva, erkaklar o‘rtasida Akbar Jo‘raev yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Olimpiadaning og‘ir atletika musobaqalari 7-10 avgust kunlari Parij ekspo markazida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!