O‘FA birinchi vitse-prezidenti OFK seminarida qatnashdi

  • 1 noyabr, 2024, 13:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koreya Respublikasining Seul shahrida OFKga a’zo assotsiatsiyalar prezidentlari hamda bosh kotiblari ishtirokidagi konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotga a’zo mamlakatlar qatorida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov va bosh kotib Avaz Maksumov ishtirok etdi.

Tecno

Konferentsiyada chiqish qilgan FIFA prezidenti Janni Infantino va OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa Osiyoda futbolni yanada rivojlantirish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar, ayollar va ommaviy futbolni yangi darajaga olib chiqish, o‘zaro hamkorlikka qaratilgan dasturlarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelgusi rejalar haqida fikr bildirib o‘tishdi.  

OFK prezidenti bunday konferentsiya doirasidagi konstruktiv muloqot va istiqbolli suhbatlar Osiyo futboli kelajagiga katta ishonch bag‘ishlashini qayd etdi:

«Asosiy islohotlarimiz yangi yo‘nalishni belgilab berayotgan muhim bir paytda, barchamiz qit’ada futbolning yanada ko‘proq imkoniyatlarini ochishga tayyormiz. Shuni ishonch bilan aytamanki, OFK bundan keyin ham a’zo assotsiatsiyalar va mintaqaviy assotsiatsiyalar bilan yaqin hamkorlikda ishlashda davom etadi.

Biz Osiyoda ushbu sport turi mavqeini ko‘tarish uchun ko‘proq ilg‘or tashabbuslar va dasturlarni joriy etish tarafdorimiz va ushbu konferentsiya, albatta, Osiyo mamlakatlarini yanada birlashtirishi shubhasiz», dedi Shayx Salmon.

Konferentsiyada muhokama qilingan masalalar va ilgari surilgan tafkliflar Osiyo futbolining yanada yuksalishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi. Tadbir davomida, shuningdek, kun tartibidagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘FA matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!