Odil texnika bobida Neymardan kuchli
- 2-октябр 2023, 18:02
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
Turkiya Superligasida “Adana Demirspor” jamoasi sharafini himoya qilayotgan mashhur hujumchi Mario Balotelli texnika bobida Neymardan kuchli o‘yinchi borligini aytdi.
- Mening fikrimcha, Odil Taarabt texnika bobida Neymardan kuchliroq. Braziliyalik futbolchi mutlaq fenomen va juda kuchli lekin. Aslida bu ikki o‘yinchini solishtirib bo‘lmaydi. Lekin faqat texnika jihatidan ularni qiyoslasak, Odil kuchliroq, - dedi Mario Balotelli.
Italiyalik hujumchi sentyabr oyida “Adana Demirspor” safiga qo‘shildi. Odil Taarabt esa, 2022 yilgacha ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.
Ayni paytda Taarabt Saudiya Arabistonining “An-ansr” jamoasida o‘ynayapti. Neymar yaqinda “Al-Hilol”ga o‘tganidan xabaringiz bor.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q