
OChL. "Paxtakor" muhim o‘yinlar oldidan katta yo‘qotishga uchradi
Osiyo Chempionlar ligasida 3-tur o‘yinlariga start berildi.
Yurtimiz sharafini qit’a maydonlarida himoya qilayotgan Superligamiz chempioni "Paxtakor" Qatarning "Al-Duhail" klubiga qarshi maydonga tushdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida "sherlar" yulduzi Dragan Cheran jarohat olib, o‘z o‘rnini Ikrom Aliboevga bo‘shatib berdi. Katta ehtimol bilan, Voyneski serbiyalik shogirdini ancha muddatga yo‘qotdi. O‘zgarishdan bir necha soniya o‘tib, Oliver Sharkich hisobni ochdi.
Klub matbuot xizmatidan Draganning jarohati qay darajada jiddiy ekani to‘g‘risida ma’lumot kutib qolamiz. Voqealar rivojini SPORTS.uz sayti orqali kuzatib boring!
Fikrlar