Nusratbek Tohirov Qozog‘iston vakilidan ustun keldi
- 30-май 2025, 14:07
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- Boks
Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyun kunigacha Tailandning Bangkok shahrida xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Bugun ham musobaqaning yarim final bahslari o‘tkazilmoqda.
-85 kg da hamyurtimiz Nusratbek Tohirov Qozog‘iston vakili Bekzat Tangatar bilan final yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi. To‘liq 3 raund davom etgan bahsda charm qo‘lqop ustamiz 4:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Nigina O‘ktamova va mezbon bokschi Punrave Ruenros qarama-qarshiligi kutib turibdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q