
Nursulton Ro‘ziboevdan super finish va turnirning barcha natijalari (video)
Poytaxtimiz Toshkent shahrida professional MMA bo‘yicha nufuzli promoushen hisoblangan Oktagon ligasi va U1 qo‘shma turniri bo‘lib o‘tdi. Turnirda qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing:
Asosiy kard:
Luchiano Kontini (Braziliya) - Nursulton Ro‘ziboev (O‘zbekiston): Ro‘ziboev o‘zining eng sevimli usuli - kimurani qo‘llagan holda g‘alaba qozondi.
Ruslan Rustamov (Azarbayjon) - Avliyoxon Hamidov (O‘zbekiston): Hamidov 1-raundda bog‘ish usuliga tushib qoldi va muddatidan oldin imkoniyatni boy berdi.
Azamat Nuftillaev (O‘zbekiston) - Yuriy Protsenko (Ukraina): to‘liq 3 raund davom etgan bahsda durrang qayd etildi.
Erkubulan Toktar (Qozog‘iston) - Abdul Aziz Sotvoldiev (O‘zbekiston):Sotvoldiev 2-raundda kuchli zarba o‘tkazib yubordi va chuqur nokaut holatiga tushib qoldi.
Ilyar Asxanov (Qozog‘iston) - Muslimbek Komilov (O‘zbekiston): raqibga nisbatan passivroq harakat qilgan Komilov 3-raundda muddatidan oldin mag‘lub bo‘ldi.
Ilyor Baktiyar Uulu (Qirg‘iziston) - Farxod Davlatov (Tojikiston): jang davomida olingan jiddiy jarohat sababli Davlatov jangni davom etadi olmadi.
Faxriddin Mardiev (O‘zbekiston) - Amir El Shanru (Misr): Mardiev 1-raundda ustunlikka erishgan holda misrlik raqibiga ko‘plab jarohatlar etkazdi. Shifokorlar esa El Shanriga bahsni davom ettirish uchun ruxsat bermadi.
Prelim kard:
Doston Bozorov (O‘zbekiston) - Tamerlan Kaykiev (Qirg‘iziston): Bozorov 2-raundda ketma-ket kuchli zarbalar natijasida raqibni qiyin axvolga solib qo‘ydi va texnik nokaut evaziga zafar quchdi.
Dilshod Yusupov (Tojikiston) - Saidatohon Nuriddinov (O‘zbekiston): 3 raund to‘liq davom etgan bahsda Saidatohon Nuriddinov hakamlar qarori bilan natijani o‘z foydasiga hal qila oldi.
O‘murbek Kanibaev (Qirg‘iziston) - Jahongir Najmiddinov (O‘zbekiston): Jahongir Najmiddinov 2-raundda muddatigan oldin g‘alaba qozondi.
Anvar Abdullaev (O‘zbekiston) - Adilet Abdivaliev (Qirg‘iziston): to‘liq davom etgan jangda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan Anvar Abdullaev ochkolar hisobida g‘alabaga erishdi.
Sharif Kushaev (O‘zbekiston) - Nurbek Matkabilov (Qirg‘iziston): Sharif Kushaev raqibini 1-raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etdi.
Sardor Xudoyberdiev (O‘zbekiston) - Akmal Abduvaliev (Tojikiston)
Mirsaid Saparov (O‘zbekiston) - Vladimir Permyakov (Qozog‘iston)
Suxrob Otajonov (O‘zbekiston) - Aybol Axmetov (Qozog‘iston)
Nizomiddin Isroilov (O‘zbekiston) - Salamat O‘razaxunov (Qirg‘iziston)
Qurbonali Normurodov (O‘zbekiston) - Diyorbek Ro‘ziboev (O‘zbekiston)
Fikrlar