
Nurafshonda belbog‘li kurash bo‘yicha viloyat hokimi kubogi o‘tkazildi
Joriy yilning 24 mart kuni Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahrida Navro‘z bayrami munosabati bilan sportning belbog‘li kurash turi bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘rtasida “Toshkent viloyati hokimi kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada viloyatda sport ta’lim muassasalari, sport klublari va turli tashkilotlardan belbog‘li kurash bo‘yicha shug‘ullanayotgan sportchilar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashishdi. mazkur bellashuvda 5 ta vazn toifasida 120 sportchilar ishtirok etishdi.
Murosasiz va qiziqarli utgan musobaqa yakuniga ko‘ra quyidagi polvonlar uz vazn toifasida kuchli uchlikdan joy olishdi.
45 kg vazn toifasida
1. Xaqnazarov Firdavs (Bo‘ka t.)
2. Maxmatov Fayoz (Chirchiq sh.)
3. Shovkatov Otabek (Chirchiq sh.)
3. Sayfiev Otabek (Quyi Chirchiq t.)
55 kg vazn toifasida
1. Anarboev Ortiq (Parkent t.)
2. Madaliev Shoxrux (Chirchiq t.)
3. Maldibaev Azamat (Parkent t.)
3. Rixsibaev Oybek (Parkent t.)
66 kg vazn toifasida
1. Begmatov Shoxib (Chirchiq sh.)
2. Eliboev Sherzod (Bo‘ka t.)
3. Abdullaev Sardor (Bo‘ka t.)
3. Jumanazarov Bexruz (Angren sh.)
75 kg vazn toifasida
1. To‘laboev Javoxir (Parkent t.)
2. Yoldoshev Ortiqbek (Olmaliq sh.)
3. Nishonboev Ziyovuddin (Parkent t.)
3. Temurov Oybek (Piskent t.)
+75 kg vazn toifasida
1. Asamov Otabek (Parkent t.)
2. Xudayberganov Diyor (Chirchiq sh.)
3. Raxmatov Shoxjaxon (Parkent t.)
3. Jalilov Eldor Olmaliq sh
Umumjamoa hisobida
1. Parkent tumani
2. Chirchiq shahri
3. Bo‘ka tumani
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanishdi. Tantanali taqdirlash marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzaev, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulov, Xalq deputatlari Chirchiq shahar kengashi deputatlari ishtirok etishdi.
Fikrlar