Nukusda sport kurashlari bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi

CHERY AUTO

17-19 oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida sport kurashlari bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Birinchi bor tashkil etilgan kattalar o‘rtasidagi turnirda mamlakatimizdan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Belarus Respublikalaridan tashrif buyurgan polvonlar bahs olib borishdi.

Musobaqa “Sport kurashlarining olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-336-son Qarori asosida tashkil etildi. Unda Olimpiya vazn toifalarida kuchlilar saralab olindi.

Kutilganidek, har uch yo‘nalishda 14 ta vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda Belarus hamda Qozog‘iston jamoalariga nasib etdi.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!