
Novak Jokovich qachon kortga chiqadi?
Avstraliyada 9-12 yanvar kunlari o‘tkaziladigan “Kooyong Classic – 2018” ko‘rgazmali musobaqada serbiyalik Novak Jokovich ishtirok etishini tasdiqladi.
Shuningdek, turnirda belgiyalik David Goffin, avstriyalik Dominik Tim va xorvatiyalik Marin Chilich, ispaniyalik Pablo Karreno-Busta, amerikalik Kevin Anderson, frantsiyalik Rishar Gaske, yaponiyalik Yosixito Nisioka, shveytsariyalik Belinda Benchich, germaniyalik Andrea Petkovich hamda mezbon tennischi Destani Ayyava ishtirok etishi kutilmoqda.
Fikrlar