Neymarning Evropaga qaytish rejasi oshkor bo‘ldi

  • 28 yanvar, 16:34
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Neymar joriy mavsum yakunida Evropaga qaytmoqchi. Bu haqda Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Avvalroq, "Al-Hilol" 32 yoshli hujumchi bilan shartnoma bekor qilinganini e’lon qildi. Neymar o‘z faoliyatini boshlagan "Santos"ga qaytishga yaqin.

Tecno

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar shartnomani uzaytirish imkoniyatisiz yarim yil muddatga imzolaydilar. Futbolchi kelasi mavsumda Evropaga qaytmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi yanvar oyida Saudiya Arabistonini tark etadi va yangi jamoada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Braziliyaga uchib ketadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!