Neymar "Santos"da ikki o‘yin o‘tkazib ulgurdi, ammo bir muammo bor

  • 10 fevral, 10:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Neymar "Santos"ga qaytganidan so‘ng ilk marotaba asosiy tarkibda o‘yinni boshladi. 

Vinger Paulista ligasi doirasida "Novorizontino" (0:0) klubiga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlab, 75-daqiqada zaxiraga olindi. 

Bellashuv davomida 33 yoshli braziliyalik 23 ta aniq, 7 ta noaniq pas berdi. Shuningdek, 5 marotaba raqiblari unga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. 

Bu Neymarning "Santos"ga qaytganidan keyingi ikkinchi uchrashuvi sanaladi. Ilk marta u Neymar "Botofago"ga qarshi o‘yinning (1:1) ikkinchi bo‘limida maydonga tushgan va o‘sha bellashuvning eng yaxshisi, deya e’tirof etilgan. Biroq hozirgacha biz Neymar ijrosida gol yoki assist ko‘rganimiz yo‘q. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!