
Neymar eng xunuk futbolchi nomini aytdi
Braziliyalik futbol yulduzi Neymar o‘zi bilan birga o‘ynagan futbolchilar orasida eng xunugi kim ekanini bildirdi.
- Men bilan o‘ynaganlar orasida eng xunugi kim edi? Juda ko‘p futbolchilar bilan birga to‘p tepganman. Bu juda g‘alati eshitiladi, lekin men Vinisius Juniorning nomini aytaman.
Vini, men seni har qachongidan ham ko‘ra yaxshi ko‘raman, - dedi Neymar.
Professional futbolchilik faoliyati davomida “Santos”, “Barselona”, PSJ va “Al-Hilol”da o‘ynagan Neymar “Real” vakili Vinisius Junior bilan Braziliya terma jamoasi birga o‘ynaydi.
Fikrlar