
Neymar do‘stini bir onda mashhur qilib yubordi
PSJ hujumchisi Neymar kutilmaganda terma jamoadagi sherigi Risharlisonning telefon raqamini internetdagi strim vaqtida ko‘rsatib qo‘ydi. Nimalar bo‘lishi mumkinligini oldindan sezgan hujumchi “Everton” vakilini muxlislarga tasodifan uning raqamini ko‘rsatib qo‘ygani haqida ogohlantirdi.
Risharlison avvaliga bunga e’tibor qilmadi. Biroq, unga besh daqiqa ichida WhatsApp orqali 10 mingdan ziyod xabar kela boshladi.
- Neymar senga rahmat, besh daqiqada 10 mingdan ortiq xabar keldi, - deb yozdi Risharlison.
“Everton” hujumchisi yaqinda “Liverpul” yarim himoyachisi Tyago Alkantaraga jarohat etkazgan edi. Garchi u raqibidan ommaviy tarzda uzr so‘ragan bo‘lsa-da, Neymarning “ishidan” keyin liverpullik muxlislardan tahdidli xabarlarni ham olmoqda.
Fikrlar