
Neymar, aqling bo‘lsa, bu jamoaga qadam bosma!
PSJdan ketishi mumkin bo‘lgan Neymarga xaridor bo‘layotgan jamoalar orasida eng badavlat klublardan hisoblangan “Nyukasl” ham bor. Biroq, Braziliya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Edmundo hamyurti Neymarga tanlovda xato qilmaslikni uqtirdi.
- Nyukasl kichkina va sovuq shahar. Agar Neymar Parijga ko‘nikishda katta qiyinchiliklarga duch kelganini inobatga olsak, “Nyukasl” jamoasi joylashgan shaharda umuman yashay olmaydi.
Aslida Neymar uchun PSJga o‘tio‘ muvaffaqiyatli tanlov bo‘lmagan. U Parijga pul ilinjida o‘tayotganini tushinib turgandi. Bu loyiha juda yorqin edi, lekin PSJga ulkan g‘alabalardan ko‘ra, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish muhimroq edi, - dedi Edmundo.
Neymar klublar miqyosida jami 464 marotaba maydonga tushib, 275 ta gol va 171 ta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar