
"Neftchi" "Nasaf" etakchilaridan biriga taklif yubordi
"Nasaf" himoyachisi Sherzod Nasrullaevga "Neftchi" moliyaviy baquvvat taklif bilan chiqdi. Hozircha, "ajdarlar" a’zosi aniq javob bergani yo‘q.
Superliganing eng qimmat qanot ximoyachisining Qarshi klubi bilan tuzgan shartnomasi shu yilning 31 dekabr sanasida yakunlanadi.
Ma’lumot uchun, Nasrullaev joriy mavsum Superligada 21 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar