
"Neftchi" futbolchilari ta’tilga chiqdi
Kecha bo‘lib o‘tgan 13-tur uchrashuvlari bilan pro-liganing birinchi davra bahslariga yakun yasaldi va “Neftchi” futbolchilariga ikki haftalik ta’til taqdim etildi.
Bu vaqt mobaynida futbolchilarning jismoniy holatida pasayish kuzatilishini inobatga olib, individual shug‘ullanishlari uchun murabbiylar shtabi tomonidan tasdiqlangan uslub-qo‘llanmalar har bir o‘yinchiga elektron tizim orqali yuborildi.
Xabaringiz bor, 5 iyuldan 31 iyulgacha O‘zPFLning yozgi transfer oynasi kuchga kiradi. Bundan unumli foydalanish maqsadida jamoaning selektsioner murabbiylari bir qator futbolchilar bilan muzokaralar olib borishni rejaga kiritishgan.
“Neftchi” matbuot xizmati.
Fikrlar