
"Navruz Cup": O‘zbekiston - Uganda: Matnli translyatsiya
"Navruz Cup" turniri finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Uganda uchrashuvidan matnli translyatsiyani saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
90+4. Uchrashuv yakunlandi. Vakillarimiz 4:2 hisobida Ugandani taslim etgan holda, turnir g‘olibiga aylandi.
90+1 Tarkibimizda o‘zgarish: Masharipov o‘rniga Bozorov maydonga tushdi.
90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo‘shib berildi.
86. O‘yin tempi biroz pasaydi.
82. Raqiblar yana hujum uyushtirdi. Olisdan yo‘llangan zarbani O‘tkir Yusupov qaytardi.
79. O‘Zgarish. Shomurodov o‘rniga Sergeev maydonga tushdi.
78. Hisob yana qisqardi. 4:2. Emmanuel Okvi qanotdan markazga yurib bordi va kuchli zarba yo‘llab, farqni 2 taga etkazib qo‘ydi.
75. Eldor Shomurodov darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqib bordi, lekin to‘pni uzoqlashtirib yubordi va vaziyatni qo‘ldan boy berdi.
72. XEEET-TRIIIK! Eldor Shomurodov olisdan zarba yo‘llab hisobni yirik 4:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
72. Raqiblardan havfli hujum. So‘nggi pallada Yusupov to‘pni qaytarib yubordi.
68. UXXX! Qanotdan uzatilgan to‘p Nasrullaevga tegib darvozamizga kirib ketishiga sal qoldi. Raqiblar foydasiga burchak to‘pi.
66. Uganda yaqin masofadan jarima zarbasi tepish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
64. Raqiblar tarkibida o‘zgarish: 4 raqamda to‘p tepgan Achay o‘rniga 3 raqamli futbolchi Abdu maydonga tushdi.
61. Raqib futbolchisi Alanga sariq kartochka ko‘rsatildi.
60. Vakillarimiz tarkibida o‘zgarish: Erkinov o‘rniga Hamdamov maydonga tushdi.
59. Uganda hujumda o‘yin qoidasini buzdi.
55. Shomurodov katta tezlik bilan qarshi hujumga o‘tdi va Erkinovga uzatma amalga oshirdi. U Eldorning o‘ziga to‘pni qaytardi va Shomurodov yaqin masofadan kuchli zarba yo‘llab farqni yana ikkitaga etkazib qo‘ydi.
53. GOL! Raqiblar hisobni qisqartirdi. Jarima maydonidagi xatodan so‘ng Faruku Miya yaqin masofadan zarba berib, hisobni qisqartirdi.
52. Ugandaning havfli hujumini himoyachilar bir amallab qaytardi.
49. Uganda pozitsion hujumga hozirlik ko‘rmoqda.
47. Erkinov qanotdan yorib kirayotgan bir paytda raqiblar to‘pni olib qo‘ydi.
46. O‘yinning ikkinchi bo‘limiga start berildi.
45+2. Uchrashuvning birinchi bo‘limi yakuniga etdi. Hozircha hamyurtlarimiz 2:0 hisobida oldinda bormoqda.
45+1. Saitovning olisdan yo‘llagan zarbasi havfli chiqdi. Darvozabon bir amallab to‘pni qaytardi.
44. Uganda futbolchisining jarimadan tepgan to‘pini darvozabon qaytardi.
43. Uganda jarima maydonmamizga yaqin joydan jarima zarbasi tepish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
39. GOOOOOOL! Shomurodov Amonovning super uzatmasidan so‘ng jarima maydonchasi ichida ortiqcha qiyinchiliksiz gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
38. O‘yin tempi oshdi biroz oshdi.
35. GOOOOOOOOOOOL! Uchrashuvda hisob ochildi. Masharipov darvozabon hamda himoyachining xatosidan so‘ng bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.
34. Uganda yaqin masofadan jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
29. Shukurovga nisbatan maydon markazida o‘yin qoidasi buzildi.
27. Amonovning jarima maydoni ichidan yo‘llagan zarbasini darvozabon egallab oldi.
25. Uganda pozitsion hujumga hozirlik ko‘ryapti. Biroq himoyadan chiqishda muammolar bor.
22. O‘yin tempi past. Har ikki jamoa ham oldinga o‘tishga shoshilmayapti.
19. Uganda himoyada to‘pni egallab turibdi
16. Vakillarimizning havfli hujumi samarasiz yakuniga etdi.
15. Dilshod Saitov maydon markazida to‘pni oldirib qo‘ydi.
14. Uganda oldinga o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda.
13. Masharipovning zarbasi jonli tevorga tekkan holda, maydonni tark etdi.
12. Shukurovning zarbasidan so‘ng to‘p raqib futbolchisining qo‘liga tegib qoldi. Termamiz foydasiga jarima zarbasi.
10. Otabek Shukurov maydon markazida o‘yin qoidasini buzdi.
6. Amonovning uzoqdan yo‘llagan zarbasiga umuman aniqlik etishmadi.
3. Otabek Shukurovning kuchli zarbasi himoyachilarga tegib maydonni tark etdi. Vakillarimiz foydasiga burchak to‘pi.
3. Amanov jarohat olib maydonda yotibdi.
1. Uchrashuvga start berildi. Bahsni vakillarimiz boshlab berdi.
0. Ayni vaqtda har ikki jamoa madhiyalari yangramoqda.
0. Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. O‘zbekiston hamda Uganda uchrashuvi boshlanishiga kam vaqt qoldi. Jamoalar maydonga tushib keldi.
Fikrlar