"Navbahor"ga legioner hujumchi keldi

  • 17 yanvar, 2020, 00:24
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Navbahor" yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqda va bir qator xorijlik hamda mahalliy futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazmoqda. 16 yanvar kuni “Navbahor” safiga yana bir legioner qo‘shildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Tecno

Bu turkmanistonlik Vaxit Orazsaxedov bo‘lib, u 1992 yil 26 yanvarda tug‘ilgan. Ampluasi – hujumchi. Orazsaxedov futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Rubin” (Qozon), “Nefteximik” (Nijnekamsk), “Rostov” (Rostov), Moldovaning “Dachiya” (Kishinyov), Turkiyaning “Osmonlispor” (Anqara), Ozarbayjonning “Sabail” (Boku), Turkmanistonning TsSKA (Ashxobod), “Oltin asr” (Ashxobod) hamda “Axal” (Axal) klublarida to‘p surgan.

O‘tgan mavsumni esa Qirg‘izistonning “Dordoy” (Bishkek) jamoasida o‘tkazib, 28 ta o‘yinda 20 ta gol urib, Qirg‘iziston Premer-ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, Vaxit Orazsaxedov o‘z paytida Turkmaniston yoshlar va olimpiya terma jamoalarida o‘ynagan. 2016 yildan buyon Turkmaniston milliy terma jamoasida to‘p surmoqda.

Turkmanistonlik hujumchi “lochinlar”ning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ободон
17/01/2020 04:48
Бунёдкор булмасам битта тожикистонлик ва туркманистонлик лигионер билан шартнома килдику
Абдусамат Жураев
17/01/2020 00:40
ОСИЕликми 4+1 БУЛСА АМИРБЕК Журабоев борку Тожикистон терма жамоаси азоси Яна НИМА килади буни