“Navbahor”dan ketganidan beri ishsiz yurgan murabbiy Rossiyani keskin tanqid qildi

  • 13 iyun, 2021, 09:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor”dan iste’foga chiqarilganidan beri o‘ziga yangi jamoa topa olmayotgan Andrey Kanchelskis Rossiya terma jamoasining Evropa chempionatidagi o‘yinini keskin tanqid qildi. Rossiyalik debyut uchrashuvida Belgiyadan 0:3 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

- Bu bahsda bitta jamoa o‘ynadi. Belgiya hech qanday qiyinchiliksiz zafar quchdi. Biz yig‘inlarni nimani mashq qilganimiz tushunarsiz. O‘rtacha terma jamoalarni yutamiz xolos, nimani evaziga guruhdan chiqishimizni bilmayman. San-Marino va Kiprga qarshi o‘yinimizni ko‘rsata olamiz, Belgiya bilan o‘yinda esa saviya yo‘qolib qoladi.

 Aslida futbolimizda katta muammo bor: futbolni o‘ldirib bo‘lishgan, - dedi Andrey Kanchelskis.

Rossiya terma jamoasi ikkinchi uchrashuvni Sankt-Peterburgda Finlyandiyaga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 16 iyunga belgilangan. Finlyandiyaliklar birinchi bahsda Daniyani kichik hisobda engdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
13/06/2021 10:16
Хонасидан чиқмай маза қиладиган жой бошқа йўқда.Бу ўзига шундай жамоаларни излайди.Бундай жамоа ягона.
Abbos Axmedov
13/06/2021 16:03
Йевропа чемпионати 2020 узи кайси давлатда расман боляти чута непонятно?
&
Ашуров Бахтийор
13/06/2021 19:29
Нечта давлатлигини билмадиму.Ўндан ошиқ мамлакатда бўлябди