"Navbahor" yozgi yig‘inni Belarusda o‘tkazadi

  • 15 iyul, 14:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" klubi ertadan, ya’ni, 16 iyuldan joriy mavsumning 2-davra bahslariga tayyorgarlikni boshlashadi.

Tecno

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, “Lochinlar” chorshanba tongida Toshkentdan Belarus poytaxti Minsk shahriga jo‘nab ketishadi. 

Sergey Lushchan shogirdlari davralar oralig‘idagi tanaffusda Minsk shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishadi. Xorij yig‘ini doirasida “Navbahor” nazorat uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirgan.

Raqib jamoalar va nazorat o‘yinlarining sanasi borasida keyinchalik aniq ma’lumot berilishi xabarda yozib o‘tilgan. 

"Navbahor" u erdan 29 iyul kuni yurtimizga  qaytishadi.

Ma’lumot uchun, namanganliklar Superliga 2-davrasining dastlabki o‘yinini  2 avgust kuni Samarqandda “Dinamo”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!