"Navbahor" uchinchi o‘yinda ham yutqazdi

  • 4 fevral, 22:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bungacha Dubayda ikkita o‘yin o‘tkazib, birida 0:4, ikkinchisida 0:5 hisobida yutqazgan "Navbahor" bugun uchinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Tecno

Armaniston premer-ligasining "Urartu" klubiga qarshi bellashuvda namanganliklar yana mag‘lubiyatga uchrashdi. Bu safar 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi. 

Mazkur uchrashuvda “Navbahor” bosh murabbiyi Sergey Lushchan ikkita bo‘limda ikki xil tarkibni maydonga tushirib, futbolchilarning jismoniy holatlarini sinovdan o‘tkazdi.

"Navbahor"ning yagona goliga Abbosjon G‘ulomov mualliflik qildi. Ta’kidlash joizki, uchrashuvning 70-daqiqasida darvozabon Shukron Yo‘ldoshev penaltini bartaraf etib, hisobning o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymadi.  

“Lochinlar” keyingi nazorat uchrashuvini 6 fevral kuni Xitoyning “Chengdu” (Chengdu) jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!