
"Navbahor" nazorat o‘yinida "Qo‘qon-1912" bilan durang o‘ynadi
Bugun Qibrayda yangi mavsum uchun Toshkentda tayyorgarlik ko‘rayotgan "Navbahor" hamda "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasida nazorat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 22-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, Murod Xolmuxammedov hisobni ochdi. O‘yin so‘nggida esa Ayubxon No‘’monov muvozanatni tikladi.
Nazorat o‘yini
“Qo‘qon-1912” – “Navbahor” – 1:1 (1:0)
Bosh hakam: V. Tseytlin.
Gollar: Murod Xolmuhammedov – 22 (pen). - Ayubxon No‘’monov – 89.
“Qo‘qon-1912”: O‘tkir Yusupov, Davron Hoshimov, Murod Holmuhammedov, Akmal Xolmurodov, Aleksandr Merzlyakov, Jamshid Hasanov, Quvondiq Ro‘ziev, Doniyor Hasanov, Suhrob Berdiev, Igor Taran, Bahodir Pardaev.
Zaxira: Muzaffar Abdullaev, Aziz Ashurov, Iqbol Malikjonov, Jalil Kimsanov, Bahodir Akramov, Muhammadanas Hasanov, Oybek Mirzohidov, Ibrohim Rahimov, Nosir Otaqo‘ziev, Sobir Hamidov.
«Navbahor»: Mirzohid Mamatxonov, Avazxon Mamatxo‘jaev, Jahongir Mehmonov, Ilhom Boydedaev, Mirzohid G‘ofurov, Zohir Pirimov, Oston O‘runov, Dilshod Sharofutdinov, Ayubxon No‘’monov, Azizbek Turg‘unboev, Azamat Allaniyozov.
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Ravshan Xursanov, Abbos G‘ulomov, Akmal Turg‘unboev, Shohzamon Xayrullaev.
Fikrlar