
"Navbahor" muxlisi Kanchelskisning iste’fosi haqida: Sizning iste’foingizda futbolimizdagi noxolis hakamlar aybdor
Xabaringiz bor mashhur mutaxassis Andrey Kanchelskis “Navbahor” klubi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi. E’tiborlisi, rossiyalik murabbiy garchi Namanganda qisqa muddat ishlagan bo‘lsada, u mahalliy muxlislarning yuragidan joy oldi. Buni “Navbahor” – “Buxoro” uchrashuvidan so‘ng muxlislar uni qanday olqishlashganidan ham bilib olish mumkin.
Bundan biroz avval saytimizda Kanchelskisning “Navbahor”dan nega iste’foga chiqarilgani borasida xabar chop etildi. Uning fikrlari esa namanganlik muxlislarni befarq qoldirmadi. Quyida ushbu xabarga qoldirilgan eng zo‘r izohlardan birini havola etamiz:
- Andrey Antanasovich, bilaman siz bu izohni o‘qimaysiz. Lekin, baribir yuragimdagilarni aytaman. Men “Navbahor”ning 35 yillik muxlisiman. Ushbu vaqt mobaynida jamoaga qancha murabbiylar kelib ketdi. Biroq, men shu paytgacha ularning birortasini ketganidan xafa bo‘lmagandim. Afsuski, endi siz “namanganlik” emassiz. Biz siz bilan haqiqatda chiroyli futbol ko‘rdik. Bilasizmi, men sizning iste’foingizda futbolimizdagi noxolis hakamlarni aybdor deb bilaman. “Andijon” hamda AGMKga qarshi bahsda ular 100 foizli penaltilarni berishmadi va bizni g‘alabadan mosuvo qilishdi. Nima ham qilardik... Lekin ishoning, bu faqat mening shaxsiy fikrim emas, “Navbahor”ning ko‘p sonli muxlislari nomidan aytmoqchimanki, sizning qachondir bir kun yana jamoamizni boshqarishingizdan umidvormiz. Qaerda bo‘lsangiz ham sizga omad tilaymiz...
Fikrlar
Ilhomga istefosini aytilganda kulib chiqib ketgandi. Kanchelskiy xaqiqiy futbol fidokori edi u bollardan futbol uynashni suradi lekin Jaxongir buni aksini qildi aslida kanchelskiy qolib Jaxon ketiw kerag edi