
"Navbahor" murabbiyi shartnomasini uzaytirdi
Xabaringiz bor, “Navbahor-farm” o‘tgan mavsumda birinchi liga chempioni bo‘lib, pro liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Albatta, farm jamoaning ushbu muvaffaqiyatida futbolchilar bilan birga murabbiylar shtabining ham munosib hissasi bor.
Shu bois, “Navbahor-farm” jamoasi murabbiyi Rashidjon G‘ofurov bilan tuzilgan shartnoma muddati uzaytirildi. Yangi mavsumda pro ligada ishtirok etadigan mazkur farm jamoa futbolchilari yana 45 yoshli mahoratli mutaxassis qo‘l ostida o‘ynaydigan bo‘lishdi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar