
"Navbahor" legionerining transfer narxi ko‘tarildi
Jahonga mashhur transfermarkt portali tojikistonlik futbolchilar narxini ham yangiladi. Bu haqda "Navbahor" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur portal ro‘yxatidan “lochinlar”ning 21 yoshli yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe ham o‘rin oldi.
Tojikiston terma jamoasi a’zosi Panshanbe namanganliklar tarkibiga yozgi transfer oynasi davrida qo‘shilib, Superliga – 2020 bahslarida 11 o‘yinda maydonga tushib, 883 daqiqa harakatlangan. O‘zbekiston kubogida esa futbolchi 2 uchrashuvda qatnashdi.
Transfermarkt portali tomonidan Ehsoni Panshanbening transfer narxiga 100 ming evro qo‘shilib, uning narxi ayni paytda 450 ming evroni tashkil etmoqda.
Fikrlar