
"Nasaf" OChLga chiqsa, guruh bosqichini Dammamda o‘tkazadi. "Paxtakor"-chi?
17 yanvar kuni Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlangandi.
O‘zbekiston Superligasi chempioni "Paxtakor" "D" guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, "Al-Duhail", "Sepaxon" hamda "Al-Taavun" va "Al-Jaish" klublari bahsi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. OFK rasmiy sayti g‘arbiy mintaqa uchrashuvlari o‘tkaziladigan shaharlar nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, "sherlar" ishtirokidagi o‘yinlar Burayda shahrida bo‘lib o‘tadi. 15 mart kuni "Baniyas" ustidan g‘alaba qozona olsa, "Nasaf" ham klublarning qit’a miqyosidagi eng nufuzli turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. "Ajdarlar" OChL bahslarini Dammam shahrida o‘tkazishi mumkin.
Fikrlar