
"Nasaf" legioneri O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynashga tayyormi?
"Nasaf" yarim himoyachisi Ivan Solovyov "Blogbaster" "Youtube" kanaliga katta intervyu berdi. Ushbu suhbat davomida futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynash borasidagi savolga ham javob berdi.
– Sen 3,5 yildan beri O‘zbekistondasan. Pasport olish uchun yana qancha vaqt kerak?
– Yana bir yil kerak. Besh yil bo‘lishi lozim.
– Agar senga O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynash taklif qilinsa, qabul qilasanmi?
– Ha, albatta qabul qilaman. Men deyarli 4 yildan buyon shu erdaman. O‘zbekiston mening ikkinchi o‘yimga aylangan. Bu erda do‘stlarim ko‘p. Shu sababdan, bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilaman va o‘ynayman.
– Bu erda oilang va uylaring bor. O‘zingi Rossiyadan ko‘ra ko‘proq O‘zbekiston bilan bog‘laysanmi?
– Rossiya mening uyim. Otam-onam o‘sha erda. U doim birinchi bo‘lib qoladi. Nima uchun Rossiya termasiga kira olmasam, bu erda fuqarolikni qabul qilib milliy terma jamoada o‘ynamasligim kerak? Shunday imkoniyat bo‘lsa, nega dengiz qirg‘og‘ida ob-havoni qanday bo‘lishini kutish kerak. Imkoniyat bormi foydalan, tamom.
Manba: Blogbaster
Fikrlar