"Nasaf" g‘alaba qozondi, "Bunyodkor" "So‘g‘diyona"ni yuta olmadi

  • 24 aprel, 2021, 20:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun bir necha o‘yinlar o‘tkazildi.

Tecno

"S" guruhidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Rubin" bellashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda qarshiliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. "Ajdarlar"ning gollariga Abubakr-Rizo Turdaliev, Murodbek Xo‘jamberdiev, Sardor Sa’dullaev hamda Shohmalik Komilov mualliflik qildi.

Shuningdek, ushbu guruhning ikkinchi bahsida "Bunyodkor" o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni qabul qildi. Teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Dastlab, Daniel Nasriddinov hisobni ochgan bo‘lsa, Shahboz Jo‘rabekov 65-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.

Shu tariqa, "S" guruhida 4 ochko to‘plagan "qaldirg‘ochlar" peshqadamlik qilmoqda. Eng yaqin ta’qibchi "Nasaf" ham shuncha ochko jamg‘argan. Ikkita o‘yinda durang qayd etgan "So‘g‘diyona" uchinchi, hali ochko qo‘lga kirita olmagan "Rubin" so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!