"Nasaf" fevralda Turkiyada yig‘in o‘tkazadi

  • 5 yanvar, 2020, 22:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Qarshining «Nasaf» klubi o‘z qarorgohida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Tarkibda esa jiddiy o‘zgarishlar yuz berayotganini aytish joiz. Hozirga qadar Umar Eshmurodov, Islom Rashidxonov, Humoyun Murtazoev hamda Sardor Abduraimov rasman «Nasaf» bilan xayrlashishgan.

Tecno

Shuningdek, jamoaning 10 nafar a’zosi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ayni paytda esa jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev akademiya tarbiyalanuvchilari va o‘rinbosarlar tarkibida o‘zini ko‘rsatgan yoshlar bilan yig‘inni boshladi.

Dekabr oyida jamoa safida bir qator legionerlar ko‘rikdan o‘tish uchun taklif qilingandi. Ammo yanvardagi yig‘inda ularning birortasi «Nasaf»ning mashg‘ulotlarida ishtirok etishmayapti. Boisi, bosh murabbiy xorijlik futbolchilarga javob berib yubordi. Ma’lum bo‘lishicha, tarkibga yana boshqa legionerlarning qo‘shilishi ehtimoli mavjud. Shuningdek, yanvar oyida Qarshida shug‘ullanishgach, fevralda Turkiyada yig‘in o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Davron Jenjayev
05/01/2020 23:08
nasafni ochiqchasiga anratib quyishdi bunyotkorga pul topolibtiki nima uchun nasafga pul ajratmadi shurtan
Абдусамат Жураев
06/01/2020 07:42
НАСАФ БАРИБИР синмайди Яна уринбосарлар чикаверади НАВБАХОР мухлиси
Davron Jenjayev
05/01/2020 23:02
nasafni ochiqchasiga anratib quyishdi bunyotkorga pul topolibtiki nima uchun nasafga pul ajratmadi shurtan
SHAXBOZ Bekmurodov
06/01/2020 17:24
Ro‘ziqul akaning bitta ikkita qarorlariga tushunmaymanda, Umar yaxshi ediku Murtozoyevni ham tarbiyalasa yaxshi bo‘masmidi, ularni urniga 19.8.17.10.28.18. SHu raqamdagilarni sotish kerak edi, yanayam bilmadim jamoda qanday muxit xukmronligini bizdan kura bosh murabbiyga ayon, nima bo‘gandayam Nasafni kuchaytirgandan kuchaytirish kerak, asta sekin yaxshi jamolar kupayabti, bu yil So‘g‘diyona, Surxon, va Navbahorlar yaxshi uyin kursatishdi, bular safiga, Ma'shal, SHurtan, Buxoro jamolari qo‘shilishsa yaxshi bo‘lardi, O‘ZB dagi hamma gazni SHurtan va Ma'shal yitqazib beradi aslida bu ikkalasi eng boy klub bo‘lishi kerak lekin aksincha eng kambag‘ali shular,puli yuqligidan Ma'shal akademiyasi ham yopilib ketti,essiz qora kuchlar,essiz tanish bilishchilik.