
"Nasaf" - OKMK: Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi ma’lum
Superliga 19-turini "Nasaf" va OKMK qarama-qarshiligi yakunlab berdi.
Shiddatli tarzda kechgan bahsda "ajdarlar" 2:0 hisobida raqibini mag‘lub etdi.
Mazkur bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deya Javohir Siddiqov e’lon qilindi.
Futbolchi 9-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 42-daqiqada Javohirning o‘zi penaltidan oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi.
Fikrlar