
"Napoli" prezidenti Kvaratsxeliyaning sotilishiga sabab bo‘lgan holatni oshkor qildi
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis Xvicha Kvaratsxeliyaning PSJga sotib yuborilishi haqida gapirdi.
- Kvaratsxeliyani sotishga majbur bo‘ldik. Sababi uning agenti futbolchiga tovon puli to‘lash orqali shartnomani bir tomonlama bekor qilish bilan tahdid qilgan edi. Gruziyalik futbolchining klubimizdagi ilk ajoyib mavsumidan so‘ng, unga shartnomani uzaytirishni va maoshini sezilarli tarzda oshirishni taklif qildik.
Biroq, shartnomani uzaytirishni uddalay olmadik. Uning agenti boshqacha rejalarga ega edi va o‘zi uchun ham futbolchi uchun ham ma’qul keladigan yo‘lni tanladi, - dedi klub prezidenti.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli vinger Parij klubi safiga 70 million evro evaziga yo‘l olgan edi. Futbolchining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha amal qiladi.
Fikrlar