Namangan viloyati hokimi "Navbahor" muxlislari bilan uchrashdi

  • 5 avgust, 2024, 00:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun kechki payt “Navbahor” jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Markaziy” stadioniga Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov tashrif buyurib, jamoa muxlislari bilan uchrashdi. 

Tecno

Uchrashuv davomida viloyat rahbari ishqibozlarga Namanganda muxlislik madaniyati yuqori saviyada bo‘lishi, o‘yinlar vaqtida hakamlar va futbolchilar sha’niga nomaqbul so‘zlar aytmaslik, har qanday holatda ham futbolchilarni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turish, muxlislar o‘zaro ahil bo‘lishlari kerakligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, ushbu yig‘ilishda shu paytgacha “Navbahor” klubi muxlislar raisi sifatida faoliyat yuritgan Muxtor Yusubbaev “Navbahor” klubi muxlislar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i sifatida tanishtirildi.      

Ishqibozlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakuniga etgach, Shavkatjon Abdurazzoqov “So‘g‘diyona” bilan o‘tkaziladigan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan “lochinlar”ning kechki mashg‘ulotini kuzatdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!