
Nagelsmann "Bavariya"da qancha maosh oladi?
"RB Leyptsig" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann yangi mavsumdan boshlab "Bavariya"ni boshqarishi aytilmoqda.
Germaniyalik jurnalist Patrik Bergerning ma’lum qilishicha, myunxenliklar 33 yoshli mutaxassisni qo‘lga kiritish uchun “RB Leyptsig”ga 20 mln evro miqdorida tovon puli to‘laydi. Münchner Merkur nashrina yozilishicha, Yulian yangi jamoasi bilan uzoq yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 8 mln evro maosh oladi.
Yaqin vaqtlar ichida “Bavariya” rahbariyati va amaldagi bosh murabbiy Xans-Diter Flik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda tomonlar shartnomani bekor qilish masalasini muhokama qilishadi.
Yulian Nagelsmann “RB Leyptsig”ni 2019 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvidagi jamoa o‘tgan mavsum EChL yarim finaliga qadar etib borgan va Bundesligada 3-o‘rinni egallagan edi.
33 yoshli germaniyalik murabbiy bundan avval 3 yil davomida “Xoffenxaym”ga ustozlik qilgan.
Fikrlar