
MYuning natijalari chakki emas
"Nottingem Forest"ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etgan "Manchester Yunayted" g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda.
Avvalroq, Erik ten Xag jamoasi "Aston Villa" (4:2), "Byornli" (2:0) hamda "Fulxem" (2:1, Angliya liga kubogi doirasida) kabi klublardan ustun kelgandi.
Mankunialiklarning so‘nggi mag‘lubiyati 6 oktyabrda bo‘lgan. Unda MYu "Aston Villa" jamoasiga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, ten Xag shogirdlarini 31 dekabr oqshomida "Vulverxempton"ga qarshi bahs kutib turibdi.
Fikrlar