
Myuller Germaniya terma jamoasiga qayta olmaydi. Chunki...
Germaniya terma jamoasi menejeri Oliver Birxoffning so‘zlariga ko‘ra, “Bavariya” hujumchisi Tomas Myuller uchun terma jamoa eshiklari yopiq.
“Tomasning oxirgi paytlarda ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan juda ham xursandman. Lekin, Yoaxim Lyov allaqachon qaror qabul qilib bo‘lgan. U yaqin vaqtlardan buyon jamoada bo‘lgan va uni ishonchiga kira olgan futbolchilarni o‘z rejalariga kiritadi”, - deydi Birxoff.
Eslatib o‘tamiz, Lyov o‘tgan yilning martida Tomas Myuller, Mats Xummels va Jerom Boatengni terma jamoaga boshqa chaqirmasligini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar