
MYu "yangi Ronaldu"ni tayyorlamoqda
“Manchester Yunayted” rahbariyati Donni van de Bekning mashg‘uloti uchun Krishtianu Ronaldu va Bruno Fernandesh tayyorlangan dasturni qo‘llaydigan bo‘ldi.
Murabbiylar shtabidagilar niderlandiyalik yarim himoyachi ingliz futboliga tezroq moslashishi uchun jismoniy ko‘rsatkichlarini rivojlantirishi kerakligini ta’kidlamoqda. Angliya fubolida jismoniy qavvat ko‘p narsani hal qiladi.
Ronaldu va Fernandesh Manchesterga yangi kelganida aynan o‘sha maxsus dastur bo‘yicha shug‘ullangan. Bu dastur har ikki futbolchining ham keyinchalik Angliya futbolida o‘z o‘rnini topishida muhim ahamiyat kasb etgan.
Fikrlar