
"MYu" "shporlar" himoyachisini qo‘lga kiritmoqchi
Sky Sports xabariga ko‘ra, "Tottenxem" himoyachisi Tobi Alderveyreld qishda klubini almashtirishi mumkin. Futbolchiga "MYu" qiziqish bildirmoqda.
30 yoshli belgiyalik futbolchining klub bilan shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi.
Oldinroq, futbolchi uchun "Milan" klubi davogarlik qilayotgani xabar qilingan edi.
Bu masumda Alderveyreld APLda londonliklar safida 7 ta o‘yinda maydonga tushgan va bitta gollik pas muallifiga aylangan.
Fikrlar