
MYu “Real” hujumchisi va ishsiz yurgan zo‘r to‘purarni olmoqchi
“Manchester Yunayted” transfer bozori yopilgunicha bir necha xaridni amalga oshirishga harakat qilmoqda.
Birinchi navbatda, manchesterliklar “Real” hujumchisi Luka Yovich uchun kurashga qo‘shildi. Zinedin Zidan jamoasida o‘zini oqlay olmayotgan serbiyalik hujumchiga “Roma” ham ko‘z tikkan. Sulsher yosh hujumchini ijaraga olmoqchi.
Shuningdek, “Manchester Yunayted” mutasaddilari erkin agent sifatida ish qidirayotgan Edinson Kavani agentlari bilan muzokara o‘tkazmoqda. Urugvaylik hujumchining katta maosh talab qilayotgani unga jamoa topishni qiyinlashtirmoqda. Shu bois “Benfika”, “Aletiko” va “Yuventus” kabi jamoalar Kavanini olishdan bosh tortdi.
Edinsonning xizmati taklif qilingan “Barselona” va “Real” bu hujumchini olmasligini bildirdi.
Fikrlar