MYu Pogbaning yo‘lini to‘solmaydi

  • 1 noyabr, 2020, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo maydon markazidagi futbolchilarga etakchilik qilish uchun “Manchester Yunayted”dan Pol Pogbani qaytarishga qaror qildi.

Tecno

Pirlo frantsiyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan transferlar davrida asosiy nishonga aylantirdi. Klub rahbariyati ham, Manchesterdan ketishni istayotgan yarim himoyachi uchun kerakli mablag‘ni ayamasligini bildirgan.

Pogbaning o‘zi “Manchester Yunayted”ning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini qabul qilmadi. Inglizlarda yozda yakunlanadigan bitimni avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirish huquqi bor. Biroq MYu uchun Pogbani majburan olib qolgandan, uni sotib yuborib, transfer summasini Jeydon Sancho, Erling Xoland kabi yosh o‘yinchilar xaridiga yo‘naltirish foydaliroq.

Pol Pogbaga “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham jiddiy qiziqayotgani bu transferni amalga oshirishda “Yuventus”ga biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!