MYu Matichning transferi bo‘yicha 2 ta taklifni rad etdi

  • 11 yanvar, 2020, 09:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa xavbeki Nemanya Matichning transferi bo‘yicha 2 ta taklifni rad etdi. Bu haqda Daily Record nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 31 yoshli serbiyalik futbolchiga "Atletiko" va "Inter" klublaridan taklif bo‘lgan. Madridliklar Matich evaziga MYuga o‘z yarim himoyachisi Ektor Errerani almashtirishni taklif qilgan.

Ma’lumot uchun, Matich joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!