
MYu futbolchisiga Evropaning 10 ta klubi xaridor bo‘lmoqda
"Manchester Yunayted"ning hujumkor yarim himoyachisi Antoni Elangaga 10 ta klubdan qiziqish bo‘lmoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, takliflar PSV, “Borussiya” Dortmund va yana 8 ta jamoadan tushgan.
Mankunianliklar hali shvetsiyalik futbolchining kelajagi borasida bir qarorga kelganicha yo‘q. Transfer oynasi yopilishiga bir-ikki kun qolganida bu bo‘yicha bir to‘xtamga kelinishi kutilmoqda.
Elanga joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida Premer-ligada 13 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar