
MYu futbolchisi faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin
"Manchester Yunayted yarim himoyachisi Nemanya Matich qishda jamoani tark etishi mumkin.
The Sun nashriga ko‘ra, xavbek xizmatlariga MLS ishtirokchisi "Chikago Fayr" klubi qiziqish bildirmoqda.
Amerikaliklar futbolchi uchun yiliga 6 million evrolik maosh taklif qilishmoqchi. Agar MYu serbni ijaraga berishga rozi bo‘lsa, unda Matich qishda AQShga yo‘l oladi.
Agar MYu futbolchini qishda qo‘yib yuborishni xohlamasa, unda Chikago klubi futbolchi bilan yozda shartnoma imzolashga urinib ko‘radi.
Fikrlar